Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Arxitektura fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari Indoneziya Islom universitetida “Learning from Manguwijaya: A Measured Drawing Project” mavzusidagi yozgi maktabda ishtirok etishmoqda.
Tashrifning birinchi kunida “Learning from Manguwijaya: A Measured Drawing Project” mavzusida ochilish marosimi (Opening Ceremony) bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida ishtirokchilar guruhlarga bo‘linib, ish rejalari va vazifalar taqsimoti amalga oshirildi.
Hozirda o‘qituvchilarimiz va talabalarimiz Santa Maria Assumpta Church in Klaten cherkovida loyihaviy o‘lchov ishlari va ilmiy tadqiqotlarini davom ettirmoqda. Ushbu amaliyot ularning xalqaro tajribasini boyitish, madaniy meros obyektlarini o‘rganish hamda arxitektura yodgorliklari bo‘yicha malakasini oshirishga xizmat qilmoqda.