Skip to main content

“Meros va Mahorat” Hamkorlik Seminari bo‘lib o‘tdi

15-avgust kuni Samarqand shahridagi “Silk Road Samarkand” turizm markazida Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti va "Silk road Samarkand" turizm markazi hamkorligida “Meros va Mahorat” seminari o‘tkazildi.

 

Tadbirda ishtirok etishdi:

 

Prof. Dr. Chidem Turkyilmaz – SamDAQU rektori;

Kobilov Rustam – Samarqand viloyati hokimining turizm va madaniyat masalalari bo‘yicha o‘rinbosari;

Siratori Takeshi – Setsunan universiteti professori (Yaponiya);

Xusainov Doniyor – “Silk road Samarkand” turizm markazi vakili;

Munther Al Hendi Ternovskiy – “Samarkand Touristic Centre” kompaniyasi ijrochi direktori.

Prorektorlar va Arxitektura fakulteti professor o‘qituvchilari.

 

Seminarda madaniy merosni asrab-avaylash, turizmni rivojlantirish, arxitektura va qurilishda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash masalalari muhokama qilindi.

 

Seminar doirasida SamDAQU va “Samarkand Touristic Centre” o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

 

Ushbu memorandumning asosiy maqsadi:

Samarqand shahrining turizm salohiyatini rivojlantirish;

talabalar uchun amaliyot va stajirovkalarni yo‘lga qo‘yish;

arxitektura va turizm kesishgan nuqtasida innovatsion loyihalarni amalga oshirish;

madaniy meros obyektlarini zamonaviylashtirish va restavratsiya qilishda ilmiy yondashuvlarni joriy etish.