Skip to main content

O'zbekistonlik va Yaponiyalik talabalarni birlashtirgan ijodiy ko‘rgazma

Arxitektura fakulteti talabalari hamda GEOSIMBIOTIK WORKSHOP – GWS 2025 doirasida universitetimizda mehmon bo‘lib turgan Yaponiyaning Setsunan universiteti talabalari ishtirokida ijodiy ishlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

 

Ko‘rgazmada talabalar o‘z ijodiy ishlari orqali milliy va xorijiy arxitektura tajribalarini uyg‘unlashtirdi, shuningdek, madaniy hamkorlik ruhida yaratilgan loyihalar namoyish qilindi.

 

Tadbir ikki universitet talabalari o‘rtasida do‘stona aloqalarni mustahkamlash, ijodiy tajriba almashish va arxitektura sohasidagi innovatsion qarashlarni rivojlantirishga xizmat qildi.