Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi “Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-416-son qaroriga asosan universitetda yangi struktura asosida Talabalar dekanati tashkil etildi. Strukturaga muvofiq, talabalar dekanati tarkibida quyidagi bo’limlar faoliyat olib borishi belgilandi:
Talaba klublari;
Salomatlik va sport;
Alumni ofisi;
Psixologik xizmat ko‘rsatish ofisi.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya bo‘limida olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlarga boshchilik qilish, bo‘limga tegishli normativ hujjatlarda belgilangan ko‘rsatmalarni muvofiqlashtirish, bo‘limlar, jamoat ishlarida va kafedralarning ma’naviy-ma’rifiy tajribalarni umumlashtirish, adabiyotlar tayyorlash va ularni nashr qildirish, talabalarning ma’naviy dunyosini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida tuziladi.
Umumiy qoidalar
· Dekanat rektorining buyrug‘i asosida tuziladi;
· Dekanatning ishchi guruhi ning ushbu soha bo‘yicha yetakchi mutaxassislari, professor-o‘qituvchilardan tarkib topadi;
· Dekanat ma’naviy-axloqiy ishlar bo‘yicha prorektor boshchiligida faoliyat olib boradi;
· O‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishda dekanat fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari kafedra ham guruh raharlari bilan birgalikda ish olib boradi;
· Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qoshidagi Ma’naviyat va ma’rifat markazining nizomi asosida ish olib boradi; joriy va kelajakdagi ish rejalariga asoslanib ish yuritadi.
Dekanatning maqsadi:
Talaba-yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlariga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning ruhiy-estetik dunyoqarashini kengaytirish, tafakkurini yuksaltirish, har xil ommaviy madaniyat xurujlaridan avaylab-asrash, ularni bu yo‘llardan qaytarish, Mustaqil O‘zbekistonning haqiqiy fidoyisi bo‘lib kamol topishini shakllantirishdan iborat.
Dekanatning vazifalari:
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarga bog‘liq chora-tadbirlarni o‘tkazish;
Talaba-yoshlar orasida ma’naviy-axloqiy, estetik, siyosiy, huquqiy, olijanoblik fazilatlarini shakllantirishni yo‘lga qo‘yish;
Milliy urf-odatlar, qadriyatlar asosida olib borilayotgan anjumanlar, uchrashuvlar tashkil qilish
Talabalarning ruhiy va jismoniy qobiliyatini shakllantirish maqsadida olib boriladigan ishlarni shakllantirishga ko‘maklashish;
Universitetda ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini belgilash, ularga zarur normativ hujjatlar ham tavsiyalar ishlab chiqish;
Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining shahar, tuman bo‘limlari hamda mamlakatimizda xizmat ko‘rsatib kelayotgan fondlar, ijtimoiy tashkilotlar bilan birgalikda ma’naviy-axloqiy ishlarni shakllantirish.
Dekanatning huquqlari:
Fakultetlardagi ma’naviy-axloqiy ishlarni nazorat qilish;
Ma’naviy-axloqiy ishlarga bog‘liq vazirlik buyruqlari ham ko‘rsatmalarni fakultetlardagi bajarilishini tekshirish;
Dekanning ma’naviy-axloqiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlarini saylash, hamda vazifalardan ozod qilishga bog‘liq yig‘ilishlarda doimiy ravishda o‘z tavsiyalari bilan qatnashadi;
Ma’naviy-axloqiy masalalar bo‘yicha fakultet dekanlari va kafedra mudirlariga ko‘rsatmalar, tavsiyalar beradi;
Professor-o‘qituvchilarning yillik o‘quv yuklamalarida «Ma’naviy-ma’rifiy ishlari» sohasiga tegishli bandiga to‘liq bajarilishini nazorat qiladi va uni baholaydi;
Ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari olib boradigan ishlar bo‘yicha har semestr yakunida bo‘lim boshlig‘iga hisobot beradi;
Ma’naviy-axloqiy ishlarni shakllantirish, yaxshi namuna ko‘rsatgan bo‘lim, fakultet, kafedra jamoatini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishga tavsiyalar beradi.
Talabalar dekanati Universitet jamoasi orasida olib boriladigan dastlabki ishlarini amalga oshirdi. Shu jumladan, talabalar dekanati Universitet fakultetlari, bo‘lim va kafedralari, Axborot-resurs markazi va “Talabalar turar joyi”da ma’naviyat va ma’rifat tarmoqlarini tashkil etdi. Natijada qayd etilgan joylarda ma’naviyat va ma’rifat burchaklari va shu sohadagi kitoblar javonlari, ko‘rgazma va stendlar tashkil qilindi.
Shu o‘tgan davrda ma’naviy va ahloqiy tarbiya ishlari bo‘yicha prorektorlar bo‘lib dotsentlar K.G‘.G‘aniyev, B.S.Qarshiyevlar, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i bo‘lib esa S.N.Norovlar faoliyat ko‘rsatishdi. Keyinchalik Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.Hayitov, talabalar dekanati dekani B.Saidovlar faoliyat ko‘rsatgan. Hozirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor lavozimida Sh.X.Uzokov ishlamoqda, talabalar dekanati dekani lavozimida Sh.U.Bozorov faoliyat olib bormoqda.
Universitet ma’muriyati shu o‘tgan davr mobaynida ma’niviy-ma’rifiy ishlarni tashkil qilish va uning samaradorligini oshirish maqsadida quyidagi ishlarni amalga oshirdi.
Murabbiylar kengashi tuzilib, murabbiylar tarkibi qayta ko‘rib chiqildi va bu ishlarga tajribali, tarbiyaviy ishlarga qobiliyatli bo‘lgan professor-o‘qituvchilar jalb qilindi. Kengash majlislarida fakultetlarda murabbiylar soatini o‘tkazish, talabalarni darsga qatnashish va reyting sinovlarini borishi, Universitet ma’muriyati bilan talabalarning ota-onalarini uchrashuvini tashkil qilish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi va tegishli vazifalar belgilandi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar mohiyatini professor-o‘qituvchi va talaba-yoshlarga tushuntirish maqsadida Sh.M.Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi kengashida qilgan ma’ruzalari, ommaviy-axborot vositalari vakillariga bergan intervyulari bo‘yicha maxsus o‘quv kurslari tashkil etildi.
Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarda ijtimoiy-gumanitar kafedralarining imkoniyatlaridan keng foydalanildi. Keyingi yillarda ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitishning samaradorligi oshdi, ularning tarbiyaviy imkoniyatlari yanada yaxshilandi. Ijtimoiy-gumanitar kafedralari tomonidan ko‘plab anjumanlar, suhbatlar, davra suhbatlari, bahs-munozaralar tashkil qilindi.
Universitetda Mustaqillik kuni, 1-oktabr – «O‘qituvchi va murabbiylar kuni», 8-dekabr – «Konstitutsiya kuni», 21-oktabr – «O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun», 1-yanvar – «Yangi yil», 14-yanvar – «Vatan himoyachilari kuni», 8-mart – «Xalqaro xotin-qizlar kuni», 21-mart – «Navro‘z» bayrami, 9-May – «Xotira va qadrlash kuni» keng nishonlandi, milliy bayramlarga bag‘ishlab ko‘plab tadbirlar o‘tkazilgan.
Talabalarning ma’naviy tarbiyasida terrorizm, diniy ekstremizm, aqidaparastlik, huquqbuzarlik, giyohvandlik, OITS kabi illatlarga qarshi kurash, ularning oldini olish, ular keltirib chiqaradigan mudhish oqibatlardan talabalarni ogoh etishga alohida e’tibor qaratildi. Shu maqsadda doimiy ravishda huquq-tartibot, diniy sog‘liqni saqlash, idoralari bilan hamkorlikda kompleks tadbirlar amalga oshirildi. Shu bilan birgalikda ushbu mavzularda yaratilgan filmlar, spektakllarga talabalarni ommaviy ravishda olib borish tashkillashtirildi.
Talabalarni bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil qilish Universitet ma’muriyatining diqqat markazida turdi. Talabalar darsdan keyin Universitetda tashkil etilgan siyosiy klublar, ommaviy sport tadbirlariga va boshqa har xil yo‘nalishdagi tadbirlarga jalb qilindi. Universitetda 28 ta talabalar klublari mavjud. Ular orasida ayniqsa “Zakovat”, “Yosh kitobxon”, “Ulug‘bek vorislari”, “Ulug‘bek yulduzlari”, “Munozara”, “Mushoira” kabi klublarga nisbatan talabalarda qiziqish ortdi. Ushbu klublarda bugungi kunda 1000 dan ziyod talabalar o‘z vaqtlarini samarali o‘tkazib kelmoqda.
«Talabalar turar joyi»da talabalar uchun barcha sharoitlar yaratildi: ma’naviyat va ma’rifat xonasi, oshxona, dush, kir yuvish, hojatxona, dam olish, o‘quv zali, qizlar uchun gigiyenik xonalar tashkil etildi.
Xulosa qilib aytganda, keyingi yillarda jamoada olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligi, ta’sirchanligi oshdi, har tomonlama yuksak ma’naviyatli komil insonlarni tarbiyalash ishlari yo‘lga qo‘yilmoqda.